“Coca-Cola” va “Pepsi” Rossiyani tark etganidan so‘ng gazli ichimliklarning savdo hajmi kamaydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Rossiyada “Coca-Cola” va “Pepsi” ishlab chiqarishning to‘xtatilishi shakarsiz gazlangan ichimliklar savdo hajmi pasayishiga olib keldi. Yil davomida gazlangan ichimliklar savdosi deyarli 10 foizga kamaydi va bozordagi ulushi 8,5 foizga tushdi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.
“NielsenIQ” tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil oldin shakarsiz gazlangan ichimliklar, aksincha, o‘sishni ko‘rsatgandi. 2020-yil noyabridan 2021-yil noyabrigacha savdo hajmi 10,7 foizga, pul tushumi esa 19,9 foizga oshgan.
Xabarda keltirilishicha, shakarsiz ichimliklarga bo‘lgan talabning tushishi bozordagi eng yirik o‘yinchilarning marketingini rag‘batlantirdi, xaridorlar endilikda tabiiy va shakarli ichimliklarga e’tibor qaratmoqdalar.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilning yetti oyida sodali ichimliklar assortimenti 169 tadan 186 ta markaga ko‘paygan. “Coca-Cola” va “Pepsi” o‘rnini egallashni xohlaydigan gazlangan ichimliklarning yangi brendlari o‘rtasida raqobat kuchaymoqda.