Prezident energiya tizimidagi muammolar sabab ayrim amaldorlarni lavozimidan ozod etdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Prezident bugungi yig‘ilishda O‘zbekistonning energiya tizimida so‘nggi kunlarda yuzaga kelgan muammolar sabab amaldorlarni qattiq tanqid qildi, ba’zilarini lavozimidan ozod etdi.
Xabar qilinishicha, Prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevni lavozimidan ozod etdi, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevni qatʼiy ogohlantirdi. Chirchiq shahar hokimiga “hayfsan” berildi. Energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev lavozimidan ozod etildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari Mustafoyev, “Uztransgaz” rahbari Normatov va “Oʻzbekneftgaz” rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etilib, ularga vazifasini bajaruvchi lavozimida 3 oy sinov muddati belgilandi.
Davlat rahbari, shunigdek, Zangiota, Toshkent, Buloqboshi, Xoʻjaobod, Uchqoʻrgʻon, Koson, Karmana, Qamashi, Shofirkon, Xoʻjayli, Denov, Sharof Rashidov, Pastdargʻom, Fargʻona, Paxtabod, Hazorasp tumanlari hamda Samarqand, Namangan, Fargʻona, Guliston, Chirchiq shaharlari hokimlari masʼuliyatni his qilmasdan, bir oy oldingi sovuq kunlardan hech qanday xulosa chiqarmaganini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirziyoyev endi butunlay boshqacha tizim boʻlishi – strategik korxonalar strategik islohotlar agentligiga oʻtkazilishini aytgan.
Reading your article helped me a lot and I agree with you. But I still have some doubts, can you clarify for me? I’ll keep an eye out for your answers.