2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 15 801 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 419 ta va xorijiy korxonalar 9 382 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Savdo sohasida – 4 818 ta;
Sanoat sohasida – 4 341 ta;
Qurilish sohasida – 1 270 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 770 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 644 ta;
Axborot va aloqa sohasida – 759 ta;
Tashish va saqlash sohasida – 459 ta;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 228 ta;
Boshqa sohalarda – 2 512 ta.