Dunyoning eng boy 1 foiz aholisi umumiy hisobda qancha boylikka egalik qiladi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Oxfam” Shveytsariyaning Davos shahrida boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumining yillik yigʻilishida eʼlon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, dunyoning eng boy kishilari Yer aholisining 1 foizini tashkil qiladi. Bu 2020-yildan buyon topilgan 42 trillion dollarlik yangi boylikning qariyb uchdan ikki qismiga egalik qilishini bildiradi. Bu haqda “AlJazeera” nashri xabar berdi.
“Oxfam”ning dushanba kuni e’lon qilingan hisobotiga ko‘ra, bu mablag‘ dunyo aholisining quyi 99 foizi olgan mablag‘dan deyarli ikki baravar ko‘p pul hisoblanadi. Hisobotda aytilishicha, milliarderlarning boyligi kuniga 2,7 milliard dollarga oshmoqda.
Shu bilan birga, “Oksfam” milliarderlarning yarmi avlodlari uchun meros solig‘i bo‘lmagan mamlakatlarda yashashini aytdi. Ular merosxo‘rlariga kamida 5 trillion dollar boylik qoldiradi. Bu Afrika yalpi ichki mahsulotidan (YIM) ko‘proqni tashkil etadi.
Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyoning multimillionerlari va milliarderlaridan yig‘iladigan 5 foizlik soliq yiliga 1,7 trillion dollarga teng, bu esa 2 milliard odamni qashshoqlikdan chiqarishga yetadi.