“Apple” bosh direktori o‘z ish haqini 40 foizga kamaytirilishini so‘radi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Apple” bosh direktori Tim Kukning maoshi 2023-yilda 40 foizga qisqarib, 49 million dollarga tushadi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Keltirilishicha, Kukning o‘zi ish haqini kamaytirishni so‘ragan. 2022-yil uchun Kuk “Apple”dan 99,4 million dollar tovon olgan — 3 million dollar asosiy maosh, 83 million dollarga yaqin kompaniya aksiyalari va bonuslar. Qisqartirish to‘lovlarning ikkinchi qismiga ta’sir qiladi.
Bu yilgi 49 million dollarlik to‘lov 3 million dollarlik asosiy ish haqi, 6 million dollar bonus va 40 million dollarlik aksiya mukofotini o‘z ichiga oladi. Lekin to‘lovning yakuniy miqdori joriy yilda “Apple” aksiyalari qanchaligiga bog‘liq bo‘ladi.
“Apple”, shuningdek, moliya direktori Luka Mayestri, bosh maslahatchi Keyt Adams, chakana savdo bo‘yicha bosh direktor Deyrdre O‘Brayen va bosh operatsion direktor Jeff Uilyamsga 2022-yilda qancha maosh berilganini oshkor qildi.
Bu menejerlarning barchasiga 2022-yilda ish haqi, aksiyalar va bonuslarni o‘z ichiga olgan holda o‘tgan yilga nisbatan bir oz ko‘proq 27 million dollar to‘langan.
Qayd etilishicha, top-menejerning o‘z maoshlarini kamaytirishni so‘rashi kam uchraydigan holat. 2021-yil kompaniya rahbarlarining ish haqi bo‘yicha rekord yil bo‘lgan. Biroq aksiyadorlar maoshlarni oshirishga rozi bo‘lish ehtimoli kamroq: “Mercer” konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda aksiyadorlar kompaniya rahbarlari uchun mukofot pullarini oshirish uchun ovoz berishdan bosh tortgan holatlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatilgan.