Xitoyning iqtisodiy o‘sishi 2022-yilda rekord darajada past ko‘rsatkichni qayd etdi

Xitoyning iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 2022-yilda COVID tufayli kiritilgan cheklovlar va savdo-sanoatning pasayishi tufayli rekord darajada pastga tushib ketdi. Bu 1976-yildan beri − yarim asr ichida kuzatilgan eng yomon ko‘rsatkich, deya “Reuters” xabar berdi.

Mamlakat yalpi ichki mahsuloti (YIM) oktabr-dekabr oylarida o‘tgan yilga nisbatan 2,9 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi va Xitoy o‘z oldiga qo‘ygan “5,5 foizlik maqsad” ga erisha olmadi. Seshanba kuni Milliy statistika byurosining (NBS) ma’lumotlari mazkur natijani uchinchi chorakdagi 3,9 foizlik sur’atdan sekinroq ekanligini ko‘rsatdi.

“Reuters” ning yozishicha, YIM hajmi har chorakda to‘xtab qolgan, to‘rtinchi chorakda iyul-sentyabr oylaridagi 3,9 foiz o‘sish bilan solishtirganda 0,0 foizga tushgan. Aholi noroziligini hisobga olgan holda, o‘tgan oy Pekin koronavirusga qarshi cheklovlarni to‘satdan bekor qildi, ammo yengillik iqtisodchilarning ta’kidlashicha, yaqin kelajakdagi o‘sishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan COVID holatlarining ko‘payishiga olib keldi.

“Oxford Economics” ning katta iqtisodchisi Luiza Lu ta’kidlashicha, dekabr oyi ko‘rsatkichlari, ayniqsa, talab kamaygani tufayli pasaygan chakana xarajatlar hayratlanarli. Hozirgacha olingan ma’lumotlar Xitoyning qayta ochilishidan keyin iste’mol xarajatlari kamayishi haqidagi taxminlarni tasdiqlagan.

“Reuters” ga ko‘ra, 2023-yilda o‘sish 4,9 foizgacha ko‘tarilishi mumkin, chunki Xitoy yetakchilari iqtisodning ba’zi muhim “bloklarini” – “nol-COVID” siyosati va mulkchilik sektoridagi jiddiy tanazzulni yengish uchun harakat qilmoqda. Aksariyat iqtisodchilar ikkinchi chorakdan boshlab o‘sish sur’atlari tezlashishini kutmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning iqtisodiy tiklanishi 2023-yilda kutilayotgan global retsessiyani yumshatishi mumkin, ammo Osiyo gigantidagi har qanday keskin jonlanish siyosatchilar narxlarning rekord darajada ko‘tarilishini nazorat qila boshlagan paytda butun dunyo bo‘ylab yuqori inflyatsiya kabi “bosh og‘rig‘iga” sabab bo‘lishi mumkin.

 

One Reply to “Xitoyning iqtisodiy o‘sishi 2022-yilda rekord darajada past ko‘rsatkichni qayd etdi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan