Shavkat Mirziyoyev Singapur bilan qanday bitim va kelishuvlarni imzoladi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Shanba, Sen 30, 2023
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat Rahbari Singapur bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikning oltita asosiy yoʻnalishini koʻrsatib oʻtdi. Ustav kapitali 500 million dollar boʻlgan Oʻzbekiston-Singapur investitsiya kompaniyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Uchrashuv davomida taʼlim, transport, sogʻliqni saqlash, kadrlar, shu jumladan, davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitim, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishilgani aytildi.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari huzurida Oʻzbekiston-Singapur hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 8 ta hujjat almashildi. Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyurishi va Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazishi kutilmoqda.
Matbuot xizmati xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev bugunning oʻzida Toshkentga qaytib keladi.