Yevropada gaz narxi pasaydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Yevropada gaz narxi 2021-yil 6-sentabrdan beri birinchi marta har ming kub metr uchun 650 dollardan pasayib, 10 foizdan ortiqni tashkil etdi. Bu haqda “Investing.com” xabar bermoqda.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Yevropa birjasida gaz narxining pasayishi havoning isishi va shamoldan energiya ishlab chiqarish hajmining oshishi bilan bog‘liq.
Ammo hozirgi pasayishga qaramay, gaz kotirovkalari kuzatuvlarning uzoq tarixi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p. Bunday doimiy yuqori narxlar Yevropada gaz markazlari faoliyatining butun tarixida – 1996 yildan beri kuzatilmagan.