Moda giganti “LVMH” ning bozor qiymati oshib, 400 milliard yevroga yetdi

“LVMH” aksiyalari seshanba kuni yangi rekord darajaga ko‘tarilib, bozor qiymati birinchi marta 400 milliard yevro (434 milliard dollar) ga yetdi. Kompaniya shu orqali Yevropadagi yetakchilikni mustahkamladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, “LVMH” bu yil dunyoning ikkinchi yirik iqtisodiyoti − Xitoyning qayta ochilishidan katta foyda ko‘rdi. Milandagi “Banor SIM” kompaniyasining aksiyalar menejeri Anjelo Meda 500 milliard yevrolik foyda kutayotganini aytdi.

“Reuters” agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, aksiyalar 0,4 foizga ko‘tarilib, tarixda birinchi marta 795,7 yevroni tashkil etdi. Biroq, ba’zi tahlilchilarning fikricha, aksiyalar narxining keyingi o‘sishiga erishish qiyinroq bo‘lishi mumkin. Raqobat kuchayishi va dollar rasmiy kursining tushishi kompaniya uchun og‘ir davrni boshlab berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oy boshida “LVMH” raisi va bosh direktori Bernard Arno guruhdagi boshqaruvni o‘zgartirib, qizi Delfinni “Christian Dior” rahbari etib tayinlagani haqida ma’lumot bergan edik.

97 Replies to “Moda giganti “LVMH” ning bozor qiymati oshib, 400 milliard yevroga yetdi”

  1. Acheter mГ©dicaments sans ordonnance sur internet – Acheter mГ©dicaments sans ordonnance sur internet

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan