“Microsoft” xodimlar sonini qisqartirmoqchi, ba’zi bo‘limlarda inson omilidan butunlay voz kechiladi

“Microsoft” korporatsiyasi minglab ish o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda. “Reuters” ning xabar berishicha, kompaniya ba’zi bo‘limlarda inson omilidan butunlay voz kechishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Microsoft” ish o‘rinlarini qisqartirishni rejalashtirayotgan AQSh texnologiya sektoridagi yagona kompaniya emas. Bundan avval “Amazon” va “Meta Platforms” ham talabning kamayishi va global iqtisodiy vaziyatning yomonlashishi tufayli xodimlar sonini qisqartirishini e’lon qilgan edi.

Buyuk Britaniyaning “Sky News” teleradiokompaniyasi ba’zi manbalarga tayanib xabar berishicha, “Microsoft” o‘z ishchi kuchining taxminan 5 foizini yoki 11 000 ga yaqin ishchi kuchini qisqartirishni rejalashtirmoqda. “Bloomberg” hisobotida aytilishicha, qisqartirishlar o‘tgan yildagiga qaraganda ancha katta bo‘ladi.

“Umuman olib qaraganda, “Microsoft” ning bu harakati kompaniyada moliyaviy ahvol yaxshilanish o‘rniga, aksincha, og‘irlashib borayotganini ko‘rsatadi”, – dedi “Morningstar” tahlilchisi Den Romanoff.

“Microsoft” esa bu kabi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. Ma’lumot o‘rnida, kompaniyada 2022-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, 221 000 to‘liq vaqtli xodimlar ishlaydi.Ulardan 122 000 nafari AQShda va 99 000 nafari xalqaro miqyosda miqyosda faoliyat yuritadi.

2 Replies to ““Microsoft” xodimlar sonini qisqartirmoqchi, ba’zi bo‘limlarda inson omilidan butunlay voz kechiladi”

  1. Cool. I spent a long time looking for relevant content and found that your article gave me new ideas, which is very helpful for my research. I think my thesis can be completed more smoothly. Thank you.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *