Dunyoning eng koʻp aholi yashaydigan mamlakati oʻzgardi

World Population Review (WPR) hisob-kitoblariga koʻra, 2022-yil oxirida Hindiston aholisi 1,417 milliard kishini tashkil qildi — bu Xitoy aholisidan 5 millionga koʻp demakdir, u yerda esa rasmiy maʼlumotlarga koʻra, koʻrsatkich 1,412 milliard kishiga teng boʻlgan.

BMT Hindiston Xitoydan oʻzib ketib, aholi soni boʻyicha dunyoda yetakchiga aylanishini bashorat qilgan edi, ammo bu keyinroq yuz berishini kutgandi. WPRʼning 18-yanvardagi maʼlumotlariga koʻra, Hindiston aholisi yana koʻpayib, 1,423 milliard kishiga tenglashgan. Macrotrends tadqiqot platformasi hisob-kitoblari boʻyicha ham bu koʻrsatkich 1,423 milliardni tashkil qiladi.

Hindiston oʻz aholisi soni haqida yangi maʼlumotlarni rasman eʼlon qilgani yoʻq. Mamlakat odatda har oʻn yilda bir marta aholini roʻyxatdan oʻtkazadi, biroq 2021-yilda bu pandemiya tufayli keyinga qoldirilgandi.

BMT prognoziga koʻra, Hindiston va Xitoy oʻrtasida aholi soni boʻyicha farq yaqin yillarda sezilarli darajada ortib boradi. 2050-yilga kelib Hindiston aholisi 1,688 milliard kishini tashkil qiladi, Xitoyda esa 1,317 milliard kishi yashaydi, degan fikrda tashkilotdagilar.

Umuman olganda, Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya aholisi eng koʻp oʻsishi kutilmoqda. BMT prognoziga koʻra, 2050-yilgacha kutilayotgan aholi soni oʻsishining yarmidan koʻpi shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda Xitoy aholisi soni 850 ming kishiga qisqarib, 1 milliard 411 million 750 ming kishiga tushib qoldi. Soʻnggi marta bu koʻrsatkich 1961-yilda, mamlakatda ommaviy ocharchilik kuzatilgan vaqtda pasaygan edi. Bir yil ichida mamlakatda 9,56 million kishi tugʻilib, 10,41 million kishi vafot etgan.

One Reply to “Dunyoning eng koʻp aholi yashaydigan mamlakati oʻzgardi”

  1. Vous êtes incroyable! Je ne pense pas avoir déjà lu quelque chose comme ça auparavant. C’est formidable de trouver quelqu’un avec des idées originales sur ce sujet. Merci beaucoup d’avoir lancé cela. Ce site web est quelque chose dont Internet a besoin, quelqu’un avec un peu d’originalité!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan