“Apple” MacBook’ning yangi versiyasini namoyish qilib, narxlar bilan tanishtirdi

“Apple” kompaniyasi seshanba kuni kutilmaganda o‘zining yangi va tezkor chiplar bilan jihozlangan MacBook’larini namoyish qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Taqdimotda aytilishicha, yangi M2 Pro o‘tgan yili debyut qilingan M2 chipining so‘nggi versiyasi bilan jihozlangan. Bu model M1 Pro’ga qaraganda qariyb 20 foiz ko‘proq tranzistorga ega, bu esa “Adobe Photoshop” kabi og‘ir ish yuklamalarini bajaruvchi dastur bilan ishlagandanda vazifani har doimgidan ham tezroq bajarishga yordam beradi.

“Bloomberg” ning xabar berishicha, MacBook Pro modellari bir necha oy avval sotuvga chiqarilishi kerak edi, biroq ta’minot zanjiri bilan bog‘liq muammolar sabab sotuv 2023-yil boshigacha kechiktirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Mac Mini narxi 599 dollardan boshlanadi va 24-yanvardan sotuvga chiqariladi. MacBook Pro ning narxi 1299 dollardan boshlab 1999 dollargachani tashkil etadi.

Yangi chipli MacBook kompyuterlarini namoyish qilgandan so‘ng, “Apple” aksiyalari narxi taxminan 1 foizga ko‘tarildi. Aksiya narxlari 2022-yilda 27 foizga pasaygan edi, bu 2008-yildagi moliyaviy inqirozdan keyingi eng katta yo‘qotish bo‘ldi.

 

3 thoughts on ““Apple” MacBook’ning yangi versiyasini namoyish qilib, narxlar bilan tanishtirdi

  1. I am a student of BAK College. The recent paper competition gave me a lot of headaches, and I checked a lot of information. Finally, after reading your article, it suddenly dawned on me that I can still have such an idea. grateful. But I still have some questions, hope you can help me.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan