Iqtisodchi xalq boʻyniga tushadigan navbatdagi “sovgʻa” dan ogohlantirdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Import bojlari stavkalari roʻyxatiga 2023-yil 11-yanvardan boshlab kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, sinklangan va polimer qoplamali prokat mahsulotlari uchun 10 foiz, lekin har kilosi uchun kamida 0,25 dollarlik boj qoʻshilgan. Bu haqda Lex.uz sayti ma’lumotlariga asoslanib, iqtisodchi Otabek Bakirov o‘z telegram sahifasida xabar berdi.
Bakirovning yozishicha, 7210 49 0000, 7210 70 8000 kodli ushbu mahsulotlar faqat Alisher Usmanovga tegishli kompaniyalar nazoratidagi Toshkent metallurgiya zavodi tarafidan ishlab chiqariladi. Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirilgan 2020-yildayoq ushbu mahsulotlar importi uchun 10 foizlik boj kiritilgandi.
Keltirilgan xabarga ko‘ra, endi import qilinadigan sinklangan va polimer qoplamali prokatlar importi uchun kombinatsiyalashgan bojlar qoʻllanilishi hisobiga mahsulotlarning har tonnasiga uch barovardan koʻproq, yaʼni 375 dollargacha boj toʻlash kerak boʻladi.
“Endi nima boʻladi, deysizmi? Endi prokat importi taqa taq toʻxtaydi, chunki bunaqa ajdarho bojlar bilan Oʻzbekistonga chetdan prokat olib kelish maʼnoga ega emas. Prokat bozorining yagona egasi oligarxiya benefitsiarligidagi Toshkent metallurgiya zavodi boʻladi. Darvoqe, prokat uchun bojlarni qiymatga nisbatan naq uch barobariga oshirish toʻgʻrisidagi hujjatni topish imkoni boʻlmadi. Balki oʻrganib qolinganidek yashirin yoki maxfiy tarzda imzolangan boʻlishi mumkin”, – deya qo‘shimcha qildi Otabek Bakirov.