“Avatar 2: suv yo‘li” filmining daromadi qariyb 2 mlrd dollarga yetdi

“Avatar 2: Suv yo‘li” ilmiy-fantastik filmi dunyo kassalarida 1,9 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Pluggedin.ru” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, film bu natija bilan tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlar orasida yettinchi o‘rinni egalladi.

Keltirilishicha, film rejissiyori Jeyms Kemeronning yangi ishi 2 milliard dollarlik chegarani bosib o‘tishi kutilmoqda. Hozirda ushbu film 4 mingdan ziyod kinoteatrdagi 12 000 dan ortiq ekranda namoyish etilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Avatar 2: suv yo‘li” kartinasida birinchi filmda rol ijro etgan aktyorlar jamoasi deyarli to‘liq tarkibda saqlab qolingan. Suratga olish jarayonlari 2017-yilda boshlanib, 2020-yilda yakunlangan. Ushbu film budjeti esa 350-400 million AQSh dollariga baholangan bo‘lib, 2024-yilda “Avatar 3” filmining premyerasi ham ko‘zda tutilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *