Dunyoning eng qimmat 500 brendini bilasizmi?

Brend bu, bir sotuvchining tovar yoki xizmatini boshqalarnikidan ajratib turuvchi belgi hisoblanadi. Brendlar nafaqat nomi va mashhurligi bilan, balki qiymati bilan ham bir-biridan farqlanadi. “ATV” sizni Brandirectory.com sayti ma’lumotlariga asoslangan holda, Yer yuzidagi TOP-10 qimmatli brend bilan tanishtiradi

1.“Amazon” (AQSh)

1994-yil 5-iyulda asos solingan bu kompaniyaning qiymati bugungi kunda 299 milliard 280 ming dollarni tashkil etadi. “Amazon” daromadi yillik 470 milliard dollar (2021-yil), sof foyda 33 milliard dollarni tashkil etadi.

2. “Apple” (AQSh)

Bu kompaniyaga 1976-yilda AQShda asos solingan. “Apple” ning daromadi yiliga 135 milliard dollardan oshadi. Kompaniyaning aylanmasi yiliga 366 milliard dollarga teng. Biroq, shunga qaramay o‘tgan yilda “Apple” aksiyalari narxi tushib ketdi va buning ortidan kompaniya eng qimmat brendlar ro‘yxatida birinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

3. “Google”

Kompaniya qiymati 281 milliard 382 million dollar. 1998-yil AQShda tashkil topgan. Yillik daromad 134 milliard dollargacha yetgan.

4. “Microsoft”

1975-yilda Bill Geyts tomonidan asos solingan dasturlash gigantining brend qiymati bugungi kunda 191 milliard 574 million dollarga teng. Uning aksiya narxi NASDAQqa ko‘ra, 237 ming dollarni tashkil etadi. Kompaniya bir yilda o‘rtacha 168 milliard dollar daromad topadi.

5. “Walmart”

TOP brendlar ro‘yxatining beshinchi pog‘onasini 113 milliard 781 million dollar qiymat bilan “Walmart” egallagan. Dunyoning eng yirik chakana va ulgurji savdo tarmog‘ini boshqaradigan bu kompaniya daromadi 572 milliard dollarga teng.

6. “Samsung Group”

Oltinchi pog‘onani 99 milliard 659 million dollar qiymat bilan “Samsung Group” (Janubiy Koreya) egallagan. Texnologiyaning deyarli barcha turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya 1938-yilda tashkil topgan bo‘lib, daromadi yiliga 211 milliard dollarga tengdir.

7. “ICBC”

Xitoyning eng yirik davlat banki “ICBC” 69 milliard 545 million dollar qiymatga bahonaladi. U 1984-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda bu bankda 485 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi.

8. “Verizon”

AQShning eng keng qamrovli “Verizon” aloqa kompaniyasi qiymati 67 milliard 443 million dollarga teng va brendlar 500 taligida sakkizinchi o‘rinni egallaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uning aloqa xizmatidan 136 milliondan ortiq mijoz foydalanadi.

9. “Tesla”

Brend qiymati 66 million 207 ming dollar deb baholanadi. Brendlar ro‘yxatida 28-pog‘onadan 9-o‘ringa ko‘tarilgan kompaniya kapitali 741 milliard dollarga teng, daromadi 21 milliard dollar.

10. “Tik Tok”

TOP-10 likni Xitoyning “Tik Tok” i yakunlaydi. Brend qiymati 65 millard 696 million dollarni tashkil etadi. 2016-yilda yaratilgan bu ijtimoiy tarmoq ko‘p davlatlarda bloklanganiga qaramay 58 milliard dollar daromad oladi.

Dunyoning TOP-500 brendida 100-o‘rinni “Salesforce” kompaniyasi, 500-o‘rinni Ispaniyaning “Repsol” kompaniyasi egallagan. Afsuski, O‘zbekistondan hali hech qaysi brend bu ro‘yxatga kira olmagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *