“Genesis” bankrotlik to‘g‘risida ariza berishga tayyorlanmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Shanba, Sen 30, 2023
Kriptovalyuta kreditori “Genesis Global Capital” shu haftadayoq bankrotlik to‘g‘risida ariza berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg”ga tayanib, “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
16-noyabr kuni yirik kriptovalyuta birjasi FTX qulashi ortidan kompaniya kredit berishni muzlatib qo‘yganidan so‘ng, bankrotlik to‘g‘risidagi ariza bir necha haftadan beri kutilayotgan edi.
Keltirilishicha, noyabr oyida FTXning qulashi bir qancha qurbonlarni, shu jumladan kripto-kredit beruvchi “BlockFi” va Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik kripto kompaniyalardan biri bo‘lgan “Core Scientific Inc”ni da’vo qildi, ikkalasi ham keyingi oylarda bankrotlikdan himoyalanish uchun ariza berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Genesis” egizak kripto kashshoflari Kemeron va Tayler Uinklevoss tomonidan asos solingan “Gemini” bilan nizoga borib qolgan. Ikki kompaniya hamkorlikda mijozlarga kripto-kreditlash mahsulotini taklif qilgan, endi esa “Genesis” ushbu mahsulot bilan bog‘liq 900 million dollar qarzdor ekanligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi “Genesis” va “Gemini”ni kripto kreditlash dasturi orqali yuz minglab investorlarga qimmatli qog‘ozlarni noqonuniy sotishda ayblaganini ma’lum qilgan.