“Microsoft” 10 mingga yaqin ish o‘rnini qisqartirish rejalarini tasdiqladi

Amerika IT giganti “Microsoft” 10 mingga yaqin xodimni qisqartirish rejalarini tasdiqladi. Bu haqda “Investing.com” xabar bermoqda.

Ishdan bo‘shatish kompaniya xodimlarining 5 foizdan kamiga ta’sir qiladi, deb yozadi “Microsoft” bosh direktori Satya Nadella o‘zining korporativ blogida. Shunday qilib, kompaniya “o’z xarajatlari tarkibini olingan daromadga moslashtirish”ni rejalashtirmoqda va talab ortib borayotgan sohalarga e’tibor qaratmoqda, dedi u.

“Avvaliga biz mijozlarimiz pandemiya davrida raqamli xizmatlarga sarf-xarajatlarini oshirayotganini ko‘rdik, endi esa ular kamroq xarajat bilan ko‘proq narsaga erishish uchun xarajatlarni optimallashtirishayotganini ko‘ryapmiz”, deb yozadi Nadella.

Avvalroq, korporatsiyaning minglab xodimlarni ish bo‘shatish va ba’zi bo‘limlarda inson omilidan butunlay voz kechishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

3 Replies to ““Microsoft” 10 mingga yaqin ish o‘rnini qisqartirish rejalarini tasdiqladi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *