Twitter’ning qush haykali auksionda sotib yuborildi

Twitter’ning San-Fransiskodagi bosh qarorgohida yuzlab buyumlar uchun kim oshdi savdosi bo‘lib o‘tdi. Unda sotilgan eng qimmat buyum 100 ming dollarlik foyda bilan mashhur qush logotipi tushirilgan haykal bo‘ldi. Bu haqda “BBC” xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, “@” belgisi shaklidagi 190 sm li o‘simlik 15 000 dollar atrofidagi narxda sotildi.

Konferensiyalar zali uchun mo‘ljallangan yog‘och stol 10 500 dollarga berib yuborildi.

Shuningdek,“La Marzocco Strada 3” qahva tayyorlash mashinasi 30 000 dollarga baholanib, yangi egasini topdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu auksion Ilon Mask o‘tgan yili kompaniyani 44 milliard dollarga sotib olganidan so‘ng, Twitter’dagi xarajatlarni kamaytirgani bilan bog‘liq. Oktyabr oyidan beri xo‘jayin Mask kompaniyaning 7 500 nafar xodimidan yarmini ishdan bo‘shatdi. Shuningdek, u Twitter’ning ko‘plab imtiyozlarini, masalan, bepul ovqatlanish tartibini bekor qildi.

“BBC” ning xabar berishicha, Twitter xorijdagi va San-Fransiskodagi ofislari uchun anchadan beri ijara haqini to‘lamagan. Bu esa, ofis egalarining sudga da’vo arizasi yuborishiga sabab bo‘ldi. Kim oshdi savdosini boshqaruvchi “Heritage Global Partners” kompaniyasi vakili Nik Dov Fortune so‘zlariga ko‘ra, auksiondan olingan daromad bu xarajatlarni qoplay olmaydi.

“Bir-ikkita buyum va stol sotishdan tushgan foyda butun boshli xarajatlarni qoplaydi, deb o‘ylash ahmoqlikdir”,- deydi u.

One Reply to “Twitter’ning qush haykali auksionda sotib yuborildi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan