Piyoz narxi go‘shtdan ham qimmat bo‘lgan mamlakat — Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda vaziyat qanday?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlarida bir kilogramm piyoz narxining ulgurji savdoda 1 dollarga yetishi kutilmoqda. Va bu shuni anglatadiki, chakana narxlar har bir kilogramm uchun misli ko‘rilmagan 1,5-2,0 dollarga yetishi mumkin!
Bu qanchalik real, bunday salbiy prognozlarga nima sabab bo’lmoqda? “EastFruit” tahlilchilari Eron, Pokiston, O‘zbekiston, Niderlandiya, Polsha, Tojikiston, Ukraina, Gruziya, Moldova, Qozog‘iston, Turkiya piyoz bozoridagi vaziyat haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, dastlabki xulosalarni taqdim etishdi.
2022-yil sentabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab ko‘plab davlatlardagi bozorlarda piyozning xalqaro savdosi hajmi keskin oshdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, birinchi navbatda, piyozning asosiy jahon eksportchisi Niderlandiyada ham jiddiy qurg‘oqchilik kuzatilganligi sababli yozda mahsulotlar narxi ko‘tarila boshladi.
Biroq ko‘plab yevropalik savdogarlar yana bir muhim omilni – piyoz yetishtirishning qariyb 80 foizi to‘plangan Ukraina janubini rus qo‘shinlari tomonidan bosib olinishini hisobga olmadi. Ammo Ukraina har yili 20 ming tonnaga yaqin yangi piyoz eksport qildi va ba’zi mavsumlarda Ukrainadan piyoz eksporti hatto 50 ming tonnadan oshdi. Mamlakat Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng, janubiy viloyatlarda piyoz yetishtirish keskin kamaydi. Shuningdek, u yerda fermerlar yetishtirishga muvaffaq bo‘lgan piyoz Ukrainaning boshqa mintaqalariga va bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yetkazib berilmadi. Shu sababli, Ukraina kutilmaganda ko‘pchilik uchun piyozning asosiy importchisiga aylandi va uni Polsha, Ruminiya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiyadan sotib oldi. Bu ham butun mintaqada piyoz narxining o‘sishiga yordam berdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Rossiyadan O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga kelgan anomal sovuqlar mintaqadagi izolyatsiyalanmagan omborxonalarda saqlanayotgan yirik piyoz zaxiralarini yo‘q qilgan. Natijada Qozog‘iston ichki bozorda mahsulot tanqisligidan qo‘rqib, piyoz eksportini butunlay taqiqlashga qaror qildi. Ayni paytda O‘zbekiston tezda piyoz eksport qiluvchi davlatdan sof import qiluvchiga aylandi va savdogarlar mintaqa mamlakatlarida katta hajmdagi mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatlarini faol izlamoqda.
Biroq hamma narsa oddiy emas, chunki Markaziy Osiyo asosiy yetkazib beruvchi mamlakatlardan uzoqda va piyozni tashish juda qimmatga tushadi. Mamlakatning janubiy viloyatlarida erta piyozning yangi hosili bilan nima sodir bo‘lishi ham aniq emas, chunki sovuq unga ham zarar yetkazishi mumkin.
Ayni paytda na Yevropada, na Markaziy Osiyo mamlakatlarida piyozning ulgurji narxi hali rekord qiymatdan oshmagan. Biroq ular allaqachon yilning ushbu davri uchun rekord o‘rnatmoqda. Bozor ishtirokchilarining aksariyati Markaziy Osiyoda narxlar yaqin kelajakda mutlaq rekord darajadan oshib ketishiga shubha qilmayapti.
Tojikiston va O‘zbekistonda ulgurji piyoz narxi 2022-yil yozida rekord darajaga yaqinlashgan. O‘zbekistonda o‘tgan hafta oxiriga kelib piyozning ulgurji narxlari o‘tgan yilga nisbatan 2,8 barobar, Tojikistonda esa 3,1 barobar qimmatlashgan! Taxminlarga ko‘ra, shu haftaning boshida har ikki mamlakatda piyozning ulgurji narxi bir kilogramm uchun 60 AQSh sentiga (6 800 so‘m) yaqinlashishi mumkin, bu mutlaq rekord bo‘ladi. Odatda bu vaqtda O‘zbekiston va Tojikistonda ulgurji savdoda piyozning bir kilogrami 12 dan 20 AQSh sentigacha (1400-2300 so‘m) sotilgan.
Ukraina va Polshada bu mavsumda narxlar o‘xshash tendensiyalarga ega edi, lekin allaqachon sezilarli darajada farq qilgan, chunki Ukraina Polshadan piyoz import qila boshladi, garchi u ilgari bu mamlakatga piyoz yetkazib bergan bo‘lsa ham.
2021-yil yanvar oyi o‘rtalariga nisbatan piyozning ulgurji narxlari Polshada 81 foizga, Ukrainada esa 2,5 baravar yuqori. Qozog‘istondan piyoz eksportini taqiqlash Ukrainada piyoz narxi o‘sishining tezlashishiga olib kelishi mumkin, chunki bu mamlakat mahsulotlari Ukrainaga ham kelgan. Shuningdek, mintaqada piyoz bilan bog‘liq keskin vaziyat hamda yangi hosil oldidan hali besh oy kutish kerakligi hisobga olinsa, Ukrainada piyoz narxining yana-da oshishini bashorat qilish oson. Xuddi shunday, Polshada ham bahorda piyoz narxi 2019-yil rekordlaridan (90 sent) oshib ketishi aniq.
2023-yilning 23-martidan 22-apreliga qadar butun dunyo musulmonlari Ramazon oyini nishonlaydilar. Bu davrda, qoida tariqasida, har xil turdagi mahsulotlar, jumladan, piyoz xarid qilish hajmi ortadi. Shu sababli, aprel oyining ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda piyoz narxi o‘zining maksimal qiymatiga yetishi mumkin.
2022-yil iyun oyi oʻrtalarida Pokistonda suv toshqinlari sodir boʻldi, bu boshqa mahsulotlar qatori piyoz ekinlarining katta qismini yoʻq qildi. Natijada dunyodagi eng yirik piyoz eksportchilaridan biri bo‘lgan Pokiston import qiluvchi davlatga aylandi. Eron, O‘zbekiston, Turkiya va hatto Afg‘oniston ham o‘z mahsulotlarini Pokistonga yetkazib bera boshladi. To‘fondan keyin va 2022-yilning noyabrigacha O‘zbekiston Pokistonga 26 ming tonnaga yaqin piyoz eksport qildi.
Turkiya bozori piyozga bo‘lgan yuqori talabga juda tez javob berdi va mavsum boshida bu sabzavotning ulgurji narxi daladan sotilganda 30 AQSh sentiga ko‘tarildi. Ayni paytda ulgurji narx allaqachon 1 kg uchun 60 AQSh sentiga yaqinlashmoqda. 2023-yilda yangi hosil aprel oyining ikkinchi yarmida bo‘ladi, shuning uchun yaqin kelajakda Turkiyadan piyoz eksport qilishda ulgurji narxlarni pasaytirish uchun hech qanday shartlar yo‘q.
Ayni damda Eronda piyozning ulgurji narxi mintaqaga qarab 1 kg uchun 40 dan 50 AQSh sentigacha shakllangan. Bu narx Eron uchun ham anomal darajada yuqori, bu vaqtda piyoz narxi odatda sezilarli darajada past bo‘lgan. Pokiston va Iroq Eron piyozining asosiy xaridorlari bo‘lib qolmoqda. Qozog‘iston piyozini eksport qilish taqiqlangani sababli Rossiyada ulgurji narxlar keskin oshgan taqdirda, yaqin haftalarda bozorga chiqa boshlaydigan yangi ekin piyozi eksportini amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga, transport xarajatlarini hisobga olsak, Erondan piyoz yetkazib berish Markaziy Osiyoda ushbu tovarning ulgurji narxlari o‘sishini to‘xtatishi dargumon.
Bu davlat Tojikiston va Pokiston bilan chegaradosh boʻlib, Oʻzbekiston va Tojikistondagi piyoz narxiga ham taʼsir qiladi. Pokistondagi suv toshqinlari Afg‘onistonga ham ta’sir ko‘rsatdi – ular hosilning bir qismini yo‘qolishiga olib keldi. Biroq Afg‘oniston o‘rim-yig‘im boshlanganidan keyin Pokistonga piyoz eksport qilgan, chunki u yerda narxlar qimmatroq edi.
Ayni paytda Kobulda piyozning chakana narxi bir kg uchun 4 dollardan (45 300 so‘m!) oshib ketgan va Tolibon hukumati yuqori narx muammosini O‘zbekistondan piyoz olib kelish orqali hal qilishga va’da bermoqda. O‘zbekistondagi narxlarning hozirgi darajasida bu juda real – afg‘on importchilari mahalliy xaridorlarga qaraganda ko‘proq to‘lashlari mumkin. Biroq ko‘rib turganimizdek, O‘zbekistonning o‘zida yangi mavsum boshlanishidan oldin piyoz zaxirasi yetishmasligi mumkin.
Kuzda Ukrainaga piyoz eksport qilishni boshlagan ulgurji kompaniyalar narxlarni tezda bir kilogramm uchun 15 dan 30 AQSh sentiga oshirdi. Yangi yil bozoriga yaqinroq bu yerda piyozning ulgurji narxi 40 sentgacha ko‘tarilgan va bunga sabablardan biri Ozarbayjondan har yili 30 ming tonnaga yaqin piyoz import qiluvchi Gruziyada mahsulotga bo‘lgan talabning ortishi bo‘lgan.Shuni ham ta’kidlash kerakki, Ozarbayjondagi piyoz narxi Erondagi piyoz narxi bilan chambarchas bog’liq.
2023-yil boshida piyozning ulgurji narxi 60 sentgacha ko‘tarildi va keyingi o‘sish may oyiga qadar davom etishi va bu vaqtda Turkiya, Eron yoki Misrdan yangi piyoz hosili paydo bo‘lishi mumkin.Shunga qaramay, hozirda Gruziyada piyozning ulgurji narxi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar yuqori va yanvar oyidagi rekorddir. Mamlakatdagi piyoz narxi bo‘yicha mutlaq rekordni 2019-yil deb hisoblash mumkin, aprel oyining oxirida ulgurji narxlar 1 kg uchun 70 AQSh sentidan oshgan. Bu yil, bugungi narx darajasini hisobga olgan holda, piyoz narxi bu summadan osongina oshadi.
Moldovada piyoz narxi jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, ammo mintaqaning boshqa ko‘plab mamlakatlariga qaraganda pastroq. Biroq har bir kilogramm uchun 50 AQSh sentiga yaqin narxlar bu mamlakat uchun allaqachon rekord darajada yuqori. Bir yil oldin narxlar deyarli ikki baravar past edi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, 2022-yilgi qurg‘oqchilik global bozor uchun ushbu mamlakatda piyoz hosildorligini pasaytirdi. Yuqorida aytib o‘tilgan boshqa muammolar fonida, 2023-yil boshidan Niderlandiyada piyozning ulgurji narxlari 1 kg uchun 55 AQSh sentiga ko‘tarildi.
Piyoz bozoridagi global vaziyat o‘ta keskin. Filippinda piyozning chakana narxi bir kilogramm uchun 12 dollarga yetdi! Ya’ni, bu yerda piyoz go‘shtdan qimmatroq va hatto samolyot uchuvchilari ham piyozni mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan olib kirayotgani haqidagi turli maqolalar e’lon qilinyapti.
Ayni paytda piyoz bozorida paydo bo‘lgan vakuumni qanday to‘ldirish mumkinligi to‘liq aniq emas. Axir, retseptlarda piyozni boshqa mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Xitoy ushbu mavsumda Xitoy piyozini asosan Osiyo mamlakatlariga eksport qiladi, chunki logistika hali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga mahsulot yetkazib berishga imkon bermaydi va Xitoy mahsulotlari sifat jihatidan har doim ham Yevropa Ittifoqi davlatlarining minimal talablariga javob bermaydi. Ammo narxlar bunday tezlikda o‘sishda davom etsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Piyoz hosili 2023-yilning mart-aprel oylarida yig‘ib olinadigan Misrda yaxshi bo‘lishiga umid qilish mumkin. Biroq Misrdan piyoz sotib olish uchun Yaqin Sharq, Yevropa va Osiyoda import qiluvchilar allaqachon saf tortganligi aniq. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkazda kelgusi oylarda piyoz narxining o‘sish istiqbollari juda aniq bo‘lib qolmoqda va bu mavsumda yangi narx rekordlari hech kimni ajablantirmasa kerak.