Rossiya neft narxini oshirmoqchiligini ma’lum qildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Rossiya Bosh Vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak chegirma narxda sotilayotgan mamlakat nefti yana avvalgi qiymatiga qaytishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Rossiya xaridorlar bilan bog‘liq xavotirlarni hisobga olgan holda neft narxini tushirgan. Hozir esa vaziyat barqarorlashdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Aleksandr Novak neft va gaz bozorida Rossiyaning o‘rnini bosadigan hech kim yo‘qligini ta’kidlagan.
“Albatta, hozir neftimizga nisbatan chegirma biroz oshganini ko‘ryapmiz. Bu tabiiy, chunki xaridorlar tavakkalchilikka yo‘l qo‘ymoqda. Ammo vaziyat barqarorlashganini hisobga olsak, chegirma kamayishi kerak, deb o‘ylaymiz”, – dedi u.
Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin neftga chegirma Rossiya budjeti uchun muammo tug‘dirmasligini aytgan edi. Keyin esa Novak chegirma yanvar oyida, asosan, yuk narxining oshishi bilan bog‘liqligini tushuntirdi.
O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Novak “TASS” agentligiga bergan intervyusida Rossiya neftiga chegirma eksport yo‘nalishlari cho‘zilishi tufayli oshgani, biroq yangi ta’minot zanjirlari barqarorlashganidan keyin to‘rt oy ichida narx yana ko‘tarilishini aytgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin orada Rossiya nefti va Brent nefti narxi o‘rtasidagi tafovut tenglashadi.
I agree with your point of view, your article has given me a lot of help and benefited me a lot. Thanks. Hope you continue to write such excellent articles.