Oʻzbekistonda piyoz eksporti vaqtincha toʻxtatildi

Oʻzbekistonda 2023-yil 1-yanvardan boshlab 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qishloq xoʻjaligi vazirligi agrotexnologiyalar bosh boshqarmasi boshligʻi Zafar Ortiqov maʼlum qildi.

Aytilishicha, ushbu qaror ichki isteʼmol bozor narxini arzonlashtirish, aholining isteʼmol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Bugungi kunda hududlarda jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi tasdiqlanmoqda. Bu esa joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini koʻrsatmoqda.

Mutaxassislarning tahlillariga koʻra, aholi isteʼmol talabi doirasida mavjud zaxiraga qoʻshimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini koʻrsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish boʻyicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *