WhatsApp’dan yangi imkoniyat: endi o‘zingizga ham xabar yuborishingiz mumkin

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Среда, Июн 7, 2023
WhatsApp’da yaratilgan yangi imkoniyat – “O‘zingizga xabar yuborish” funksiyasi yordamida siz bir nechta qurilmalarda oʻzingizga eslatmalar, havolalar va suratlarni yuborishingiz hamda oʻzingiz bilan muloqot qilishingiz mumkin. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Yangi funksiya so‘nggi bir necha oy ichida messenger foydalanuvchilariga taqdim etildi va bu hafta ilovaning so‘nggi yangilanishi qaydlarida paydo bo‘ldi. Bu funksiya yordamida siz o‘zingiz bilan suhbat qurishingiz ham mumkin.
Qayd etilishicha, o‘zingizga yuborilgan xabarlar oddiy chatlarga o‘xshaydi va xuddi shunday ishlaydi. Biroq ular audio yoki video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshira olmaydi, bildirishnomalarni o‘chira olmaydi, shikoyatlarni bloklay olmaydi yoki shikoyat qila olmaydi, shuningdek, oxirgi marta onlayn holatingizni ko‘ra olmaydi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil dekabr oyi oxirida messenjer foydalanuvchilarga yozishmalardan xatolik tufayli o‘chirilgan xabarlarni qayta tiklashga ruxsat bergan.
After reading your article, I have some doubts about gate.io. I don’t know if you’re free? I would like to consult with you. thank you.