O‘zbekistonliklar benzin yonilg‘isi uchun 1 oyda qancha pul sarflaydi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O‘zbekistonda avtotransportlar yonilg‘isi uchun 3 xil variant bor: metan, propan va benzin. Mamlakatda metandan avtomobil yonilg‘isi sifatida foydalanuvchilar 65 foizni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda talab bo‘yicha benzin (24,4%), propan (8,4%) va dizel yonilg’isi (2,2%) turadi.
Yuqoridagi infografikada ko‘rish mumkinki, Markaziy Osiyodagi eng qimmat benzin O‘zbekistonda sotiladi. O‘zbekistonda benzin narxi Qozog‘istonnikidan ikki baravar qimmat. Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi narxga solishtirganda esa ancha arzon.
O‘zbekistonda benzin uchun oylik iste’mol savatining o‘rtacha narxi 44 dollar (497 ming so‘m) ni tashkil qilib, ro‘yxatdagi eng past ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Buning asosiy sababi esa O‘zbekistonda benzin narxi qimmatligi bois, aholining katta qismi metandan yonilg‘i sifatida foydalanadi.
AQShning “Global petrol price” nashriga ko‘ra, (eng yuqori oktanli benzin narxlari asosida reyting tuzilgan) hozirda dunyo bo‘yicha 1 litr benzinning o‘rtacha narxi 1,29 dollar (14 500 so‘m) ni tashkil etadi. Benzin narxi eng qimmat mamlakat bu – Gonkong. U yerda 1 litr benzin 2,954 dollar (33 400 so‘m) turadi.
Jahonda benzin narxi suvdan ham arzon mamlakat Venesuela hisoblanadi. U yerda ayni vaqtdagi o‘rtacha benzin narxi – 0,016 sent (200 so‘m!). Bizda sotiladigan 1 litr suv puliga Venesuelada 15 litr benzin sotib olish mumkin.
I have read your article carefully and I agree with you very much. So, do you allow me to do this? I want to share your article link to my website: gate.io