Dunyoning eng mehnatkash rahbarlari qaysi mamlakatda yashaydi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Fransiya ishbilarmonlar orasida mehnatsevarlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Bupa Global” tadqiqotiga tayanib, “Bloomberg” xabar bermoqda.
Keltirilishicha, o‘nta fransuz rahbarlarining to‘rt nafari hech qanday tanaffuslarsiz uzoq vaqt ishlayotganliklari aniqlangan, bu esa global o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqoridir.
Tadqiqot mualliflarining aniqlashicha, fransuz rahbarlari o‘z ishlarining natijalaridan ko‘proq xavotirda bo‘ladi. Shuningdek, fransuzlarning o‘z tashkilotlarining hozirgi iqtisodiy inqirozga bardosh bera olishi haqidagi xavotirlari hamda masofadan turib ishlashni istamasligi ularning mehnatkashlikka moyilligini ko‘rsatadi.
“Tashqi iqtisodiy bosim va mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga moyillikning kombinatsiyasi fransuz rahbarlarini eng mehnatsevar bo’lishiga olib kelgan bo’lishi mumkin”, deydi “Bupa Global” boshqaruvchi direktori Entoni Kabrelli.
Ma’lum bo‘lishicha, reytingda mehnatkashlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni BAA, uchinchi o‘rinni Misr va keyingi o‘rinlarni Gonkong, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSh va Singapur qayd etgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, masofadan ishlaydiganlarga nisbatan ofisda to‘la vaqtli ishlaydigan rahbarlarning ishchanlik koeffitsiyenti yuqoriligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Bupa Global” so‘rovi o‘tgan yilning avgust va sentabr oylarida sakkizta hududda 2439 respondent o‘rtasida o‘tkazilgan.