Bogʻchalarda uzaytirilgan taʼtil kunlari uchun toʻlov undiriladimi?

O‘zbekistonda bog‘chalar uchun e’lon qilingan ta’til kunlari 23-yanvargacha uzaytirildi.
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi nizomga muvofiq, ushbu kunlar uchun bo‘g‘cha to‘lovi undirilmaydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, agar taʼtil eʼlon qilingunga qadar toʻlovlar amalga oshirilgan boʻlsa, unda keyingi toʻlov jarayonida taʼtil kunlari uchun toʻlangan badal summasi hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik toʻlov miqdoriga koʻpaytirilib, keyingi oyning toʻlov summasidan ayrib tashlanadi.

Shuningdek, bola bog‘chaga kelmagan kunlar uchun toʻlov hali amalga oshirilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan joriy toʻlov miqdori bola kelmagan kunlari hisobidan kamaytiriladi.

One Reply to “Bogʻchalarda uzaytirilgan taʼtil kunlari uchun toʻlov undiriladimi?”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *