Turkmaniston Oʻzbekistonga gaz eksportini tikladi

Turkmaniston Oʻzbekistonga gaz eksportini tikladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21-yanvardan Turkmaniston Oʻzbekistonga kuniga 4,8 mln kub metr gaz yetkazib berishni boshlab, bugungi kunda bu koʻrsatkichni 12,6 mln kub metrga yetkazdi.

Xabarda keltirilishicha, yetkazib berishning kunlik hajmi asta-sekin 16 mln kub metrgacha oshadi — keskin sovuq tushishidan oldin shuncha gaz yetkazib berilgan. Ma’lumot o‘rnida, Turkmaniston 12-yanvardan boshlab Oʻzbekistonga gaz yetkazib berishni toʻxtatgan edi.

3 Replies to “Turkmaniston Oʻzbekistonga gaz eksportini tikladi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *