Neft narxi pasaymoqda

23-yanvar kuni Osiyo sessiyasida faollik pastligi fonida neft narxi tushib ketdi. Gonkong va Singapur bozorlari ham yopiq, deya xabar bermoqda “Investing.com”.

Treyderlar karantin cheklovlari olib tashlanganidan keyin Xitoyda neftga bo‘lgan talab istiqbollarini baholashda davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu haftaning oxirigacha davom etadigan Xitoydagi bayramlarda ko‘p odamlar sayohat qiladi, bu esa yoqilg‘iga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishiga olib kelishi kerak va hafta tugagandan so‘ng mutaxassislar Xitoyda sanoat faolligining oshishini kutmoqda.

Bundan tashqari, Rossiyada mamlakatdan neft yetkazib berishga embargo (taqiq) kuchga kirgani va G7 narxlari chegarasi joriy etilgani bozorning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Bugun Londonning “ICE Futures” birjasida Brent neftining mart fyucherslari narxi bir barrel uchun 87,35 dollarni tashkil etdi, bu avvalgi sessiyaning yopilish narxidan 0,28 dollarga (0,32 foizga) yuqori.

Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) elektron savdolarida mart oyidagi WTI nefti fyucherslari narxi shu vaqtga kelib 0,23 dollarga (0,28 foiz) pasayib, bir barrel uchun 81,41 dollarni tashkil qildi. Oldingi sessiya yakuniga ko‘ra, ushbu shartnomalar narxi bir barrel uchun 1,03 dollarga (1,3 foiz) oshib, 81,64 dollarni tashkil qilgan edi.

O‘tgan hafta natijasida Brent 2,8 foizga, WTI 1,8 foizga o‘sdi va bozor ikkinchi hafta ketma-ket ijobiy natijada yakunlandi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *