2022-yilda sud tomonidan ko‘rib chiqilgan iqtisodiy ishlar haqida ma’lumot berildi

2022-yil davomida sudlar tomonidan birinchi instansiyada 277 865 ta iqtisodiy ish koʻrib chiqilib, hal etildi. Shundan daʼvogarlar foydasiga 16,2 trillion so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, oʻtgan davrda eng koʻp iqtisodiy ishlar Toshkent shahar, Toshkent, Qashqadaryo, Fargʻona, Samarqand va Namangan viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan koʻrib, hal etilgan. Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 4 525 tasi videokonferensaloqa rejimida koʻrib chiqilgan boʻlib, taraflarning 3,2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻlari tejab qolindi.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishga oid 55 882 ta iqtisodiy ish koʻrib chiqilib, ular foydasiga 4,5 trillion soʻm miqdorida mablagʻ undirib berilgani aytildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy sudlarda koʻrilgan ishlarning asosiy qismini banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, korxonalarning bankrotligiga oid ishlar hamda mahsulot yetkazib berish, kredit, kontraktatsiya, kommunal xizmat koʻrsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar tashkil etadi.

Keltirilishicha, 6 706 ta iqtisodiy ish apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 1 093 ta qaror bekor qilinib, 602 ta sud qarori oʻzgartirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan kassatsiya tartibida 1 474 ta iqtisodiy ish koʻrib chiqilgam.

Xabarda aytilishicha, Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 465 ta qaror bekor qilinib, 62 ta sud qarori oʻzgartirildi. Shuningdek, kassatsiya instansiyasida 56 ta iqtisodiy ish takroran koʻrib chiqildi. 46 ta qaror bekor qilinib, 6 ta qaror oʻzgartirildi.

 

 

3 Replies to “2022-yilda sud tomonidan ko‘rib chiqilgan iqtisodiy ishlar haqida ma’lumot berildi”

  1. Thank you for your sharing. I am worried that I lack creative ideas. It is your article that makes me full of hope. Thank you. But, I have a question, can you help me?

  2. I may need your help. I’ve been doing research on gate io recently, and I’ve tried a lot of different things. Later, I read your article, and I think your way of writing has given me some innovative ideas, thank you very much.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *