Sement narxi pasaydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O‘tgan hafta davomida ya’ni 16—22-yanvar kunlari O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida 1,99 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 7 foizga kamdir. Bu haqda birja axborot xizmati xabar berdi.
Bunda sotuvlarning
Keltirilishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 616,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 35,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 692 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1,84 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 35 461 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 7,1 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 604,6 ming so‘mdan 599,1 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 20 ta xaridor ishtirok etdi.
O‘tgan haftada birja savdolariga 3 500 tonna kalsiylangan soda qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Kalsiylangan sodaning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 700 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda kalsiylangan soda bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4,5 mln so‘mdan 4,2 mln so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 17 ta xaridor ishtirok etdi.
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 6 573 tonna qora metall sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 48 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda qora metall prokatining o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8,3 mln so‘mdan 8,2 mln so‘mgacha pasaydi.