Alisher Usmonov RSPPdan iste’fo berilishini so‘radi

Tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSPP) boshqaruvi byurosi a’zoligidan uni chiqarib yuborishlarini soʻradi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Usmonov “nafaqaga chiqqani va faol mehnat faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan” egallab turgan lavozimidan ozod etilishini so‘ragan. Usmonovning RSPP boshqaruvi tarkibidan chiqishi haqidagi bayonoti 25-yanvar kuni ko‘rib chiqiladi.

Foto: “Brief”

Usmonov avvalroq ham nafaqaga chiqish rejalari haqida ma’lum qilgandi. 2012-yilda u olti oy ichida barcha aktivlarini yagona xoldingga birlashtirib, biznesni bevosita boshqarishdan voz kechishini aytgan. “Forbes” jurnaliga bergan intervyusida esa u 63 yoshga kirgach, albatta nafaqaga chiqishini va xayriya bilan shug‘ullanishini bildirgan. Usmonov hozir 69 yoshda.

Alisher Usmonov “Металлоинвест”, “Удоканская медь” va “МегаФон” kompaniyalarini o‘z ichiga olgan USM guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori hisoblanadi. U “Forbes” tahliliga ko‘ra, rossiyalik eng boy milliarderlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallagan. Jurnal uning boyligini 11,5 milliard dollar, deb baholagan.

 

One Reply to “Alisher Usmonov RSPPdan iste’fo berilishini so‘radi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan