Ish haqini natura shaklida toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi

Yangi Mehnat kodeksiga koʻra, ish haqi milliy valyutada (soʻmda) toʻlanadi.

Ish haqini qarz majburiyatlari, tilxatlar, kuponlar tarzida toʻlash taqiqlanadi.

Mehnatga natura shaklida haq toʻlash taqiqlanadi, bundan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno.

Xodimga ish haqini toʻlash, qoida tariqasida, bevosita u ishni bajargan joyda amalga oshiriladi.

Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta boʻlimlari orqali toʻlashga yoʻl qoʻyilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq toʻlanadi.

Agar xodim ish haqi toʻlanadigan kuni ish beruvchining topshirigʻini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida boʻlsa va boshqalar) bajarayotgan boʻlsa, xodimning iltimosiga koʻra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini oʻz hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga toʻlashi shart.

Kodeks rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach (2023-yil 30-apreldan) kuchga kiradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *