AQSh Shimoliy Koreyani kibero‘g‘irlikda aybladi

AQSh huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili AQSh kriptofirmasidan 100 million dollarlik raqamli aktivlarni o‘g‘irlash ortida Shimoliy Koreya xakerlari turgan. Bu haqda “AlJazeera” nashri xabar berdi.

AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) dushanba kungi bayonotida ma’lum qilishicha, kiberhujumni Shimoliy Koreyaning “Lazarus Group” va “APT38” xakerlik guruhlari o‘tgan iyun oyida amalga oshirgan.

AQSh va BMT rasmiylari Shimoliy Koreya Rahbari Kim Chen Inni o‘z faoliyatini moliyalashtirish, jumladan, uzoq masofaga uchuvchi raketalar va yadroviy qurollar ishlab chiqish uchun kiber o‘g‘irlik kompaniyasi tashkil etganlikda aybladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday kiberhujum birinchi marta sodir etilayotgani yo‘q. Bundan avval Janubiy Koreya razvetkasi dekabr oyida Shimoliy Koreya xakerlari so‘nggi besh yil ichida taxminan 1,2 milliard dollarga, 2022-yilning o‘zida 650,5 million dollarga teng virtual aktivlarni o‘g‘irlaganini ma’lum qildi.

Blokcheyn tahlil firmasi − “Chainalysis” o‘tgan yilning yanvar oyidagi hisobotida Shimoliy Koreya bilan bog‘liq kiberhujumlarda o‘g‘irlangan aktivlar qiymati 2020-2021 yillarda 40 foizga oshganini aytdi.

Shuningdek, 2021-yilda AQSh Adliya vazirligi Shimoliy Koreyaning uch kompyuter dasturchisini 2014-yildan boshlangan bir qator kiberhujumlarda 1,3 milliard dollardan ortiq naqd pul va kriptovalyutani o‘g‘irlashda ayblagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *