Twitter sudga tortildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Shanba, Sen 30, 2023
Twitter AQSh va Buyuk Britaniyada joylashgan ofislar ijarasi uchun millionlab dollar qarzini to‘lamay kelayotgani sabab sudga tortildi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Twitter’ga qarshi darhol ikkita da’vo qo’zg’atilgan. Birinchi sud jarayoni Britaniyaga tegishli yer-mulkni nazorat qiluvchi “Crown Estate Corporation” tomonidan boshlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Twitter rahbariyati Londonning West Enddagi ofis maydoni ijara haqini to‘lamagan.
Qo‘shma Shtatlardagi sud esa Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida Twitter bosh qarorgohi joylashgan binoga egalik qiluvchi “Sri Nine Market Square” tomonidan qo‘zg‘atilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq rahbariyati 2022-yil dekabrida binolarni ijaraga olganlik uchun 3,36 million dollar, shuningdek, 2023-yil yanvari uchun 3,42 million dollar qarzdor bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olinganidan so’ng, xarajatlarni kamaytirish maqsadida ofis uchun ijara haqi to‘lashni to‘xtatdi. Shuningdek, xodimlarning yarmini ishdan bo‘shatdi.
Keyin esa Twitter ofisdagi “ortiqcha buyumlarni”, hatto logotip tasviri tushirilgan qush haykalchani ham auksionda sotib yubordi.
Reading your article has greatly helped me, and I agree with you. But I still have some questions. Can you help me? I will pay attention to your answer. thank you.