“Suverenitetimizga tahdid yo‘q” − O‘zbekiston va “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha izoh berildi

O‘zbekiston Energetika vazirligi va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida 24-yanvar kuni imzolangan “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha vazirlik axborot xizmati izoh berdi.

Xabarga ko‘ra, Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan va unda Rossiyadan O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilingan.

Keltirilishicha, imzolangan “Yo‘l xarita” ga muvofiq tomonlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi “O‘rta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan texnik chora-tadbirlarni o‘rganishi kelishib olindi. Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan so‘ng, tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha asosiy shartlar muhokama qilinadi.

“Shuni alohida ta’kidlash lozimki” – , deyiladi xabarda “olib borilgan muzokaralar hamda “Yo‘l xaritasi”da O‘zbekiston Respublikasining mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini to‘liq saqlagan holda (boshqaruv huquqini to‘liq saqlagan holda) ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yo‘q”.

Shuningdek, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi barcha ishlar O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini to‘liq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka ma’lum qilib borilishi aytildi.

One Reply to ““Suverenitetimizga tahdid yo‘q” − O‘zbekiston va “Gazprom” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha izoh berildi”

  1. Hi! Do you use Twitter? I’d like to follow you if that would be okay.I’m undoubtedly enjoying your blog and look forward to new posts.I love this!! I am a 16-year-old female I think this article great job!!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *