Oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida kredit olish miqdori oshiriladi

Kecha Prezident kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash, kichik biznesni rivojlantirishga qoʻshimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida moliyaviy koʻmak koʻlami kengaytirilishini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2023-yilda:

  • tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million soʻmdan 300 million soʻmgacha oshiriladi;
  • dehqon xoʻjaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million soʻmgacha oshiriladi (amalda 33 million soʻm);
  • avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija koʻrsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin boʻladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);
  • kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi;
  • 2023-yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion soʻm beriladi (2022-yilda – qariyb 10 trillion soʻm). Shuningdek, Prezident yaqinda imzolagan qarorga koʻra, oilaviy tadbirkorlikka qoʻshimcha 300 million dollar ajratiladi.

One Reply to “Oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida kredit olish miqdori oshiriladi”

  1. At the beginning, I was still puzzled. Since I read your article, I have been very impressed. It has provided a lot of innovative ideas for my thesis related to gate.io. Thank u. But I still have some doubts, can you help me? Thanks.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan