Qator AYOQShlarda Ai-80 benzin qimmat, Ai-91, Ai-92 almashtirib sotilayotgani aytildi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida yoqilgʻi quyish shoxobchalarida Ai-80 rusumli benzinning Ai-91 yoki Ai-92 savdo belgisi ostida sotilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Qo‘mita tomonidan mamlakatning turli hududlarida xususiy korxonalarga qarashli 23 ta yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotilayotgan yoqilg‘i sifatini aniqlash maqsadida test xaridlari o‘tkazilganda kutilayotgan hajmdan kam to‘ldirish holatlari o‘rganildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi “Triada ekspress servis” MChJ, “Turop Godir” MChJ va “Muhammad neft oil” MCHJ kabi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, Sirdaryo viloyatidagi “SAID AGSM TEX SERVIS” MChJ, “Bekzod-5” MChJ, “Murod Maqsad Trans” MChJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida qonunbuzarliklar aniqlangan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, benzinni almashtirib sotish, shuningdek, kam hajmda to‘ldirish natijasida aniqlangan zarar miqdori qariyb 489 million so‘mni tashkil etgan. Shu boisdan ayni paytda qo‘mita tomonidan iste’molchilarga yetkazilgan zararni qoplash va qayta hisob-kitob qilish ishlari olib borilmoqda.

Energetika vazirligiga ko‘ra, Andijon viloyatida 4 ta, Buxoro viloyatida 8 ta, Jizzax viloyatida 4 ta, Qashqadaryo viloyatida 19 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta, Namangan viloyatida 4 ta, Samarqand viloyatida 26 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 5 ta, Toshkent shahrida 7 ta, Farg‘ona viloyatida 22 ta hamda Xorazm viloyatida 4 ta AYOQShda narxlarni sun’iy oshirish holati kuzatilgan.

Misol uchun, Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan “RAVON OIL TEXSERVIS” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-92 rusumli avtobenzinning sifati buzilganligi, Ai-80 rusumli avtobenzin narxini oshirib sotilayotganligi (7 000 so‘m);

Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “BUYuK KURGON” xususiy korxonasiga qarashli AYOQShda Ai-92 rusumli avtobenzinning sifati buzilganligi;

Xo‘jaobod tumanida joylashgan “VODIY TRANS OIL” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-80 rusumli avtobenzin narxini oshirib sotilayotganligi (7 000 so‘m) va Ai-92 rusumli avtobenzin sifati buzilganligi aniqlandi.

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida joylashgan “Shirin” xususiy korxonasiga qarashli AYOQShda Ai-92 (5 001 litr) rusumli avtobenzin sifatsiz ekanligi;

Tuproqqal’a tumanidagi “Avtogaz Muqaddas” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-80 rusumli avtobenzinni kam quyish holati aniqlandi.

Namangan viloyatida Uychi tumanidagi “Davr plyus” MCHJ va Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Furqatjon OIL” MCHJlarga qarashli AYOQShlarda sotilayotgan Ai-92 rusumli avtobenzin sifatsiz ekanligi aniqlandi.

Mazkur tadbirkorlik subyektlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar birja savdolari orqali Ai-80 rusumli avtobenzin xarid qilishga cheklovlar o‘rnatilib nazoratga olingani aytildi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *