“Tesla” rekord darajadagi sof foyda qayd etdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
AQShning elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisi “Tesla” 2022-yilning to‘rtinchi choragida rekord darajadagi sof foyda qayd etdi. Bu haqda “Investing.com” xabar bermoqda.
Keltirilishicha, oktabr-dekabr oylarida sof foyda 1,6 barobar yoki 60 foizga oshgan, ya’ni o‘tgan yilning shu davridagi 2,3 milliard dollardan 3,69 milliard dollarga yetgan. Har bir aksiya uchun daromad 0,68 dollardan 1,07 dollargacha ko‘tarilgan.
2022-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sof foydasi ikki barobardan ortiq o‘sib, 12,6 milliard dollarni, daromadi esa 1,5 baravarga oshib, 81,5 milliard dollarni tashkil etdi. Shuningdek, avtomobil ishlab chiqarish 47 foizga (1,37 million dona), savdo hajmi 40 foizga o‘sdi.
“Tesla” bosh direktori Ilon Mask investorlar bilan bo‘lib o‘tgan konferensiya chog‘ida kompaniya 2023-yilda ishlab chiqarishni 2 million avtomobilgacha oshirishi mumkinligini aytdi.
“Bizda bu yil 2 million dona avtomobil ishlab chiqarish salohiyati bor. Bunga kafolat bermaymiz, men faqat bizda buning uchun salohiyat borligini aytmoqchiman. Va menimcha, bu hajmga talab yetarli”, – dedi Mask.
Your enticle helped me a lot, is there any more related content? Thanks! https://accounts.binance.com/en/register?ref=P9L9FQKY