Rossiyani tark etgan Mastercard sof foyda kamayganini ma’lum qildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Mastercard xalqaro toʻlov tizimi yillik moliyaviy hisobotida ma’lum qilishicha, 2022-yilda Rossiyadagi faoliyati toʻxtatilgani sababli 30 million dollar yoʻqotdi.
Hisobotda aytilishicha, Mastercard’ning 2022-yildagi sof foydasi 9,9 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilgi 8,7 milliard dollarlik ko‘rsatkichdan qariyb 14 foizga ko‘pdir. Biroq shunga qaramay Rossiyani tark etishdan ko‘rgan yo‘qotishlar kompaniya sof daromadining taxminan 0,3 foizini tashkil etdi.
Xabarga ko‘ra, Mastercard’ning umumiy xarajatlari 67 million dollarni tashkil etgan, bu asosan xodimlar uchun qo’shimcha xarajatlar bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir qismi Rossiyada faoliyat to‘xtatilishi munosabati bilan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarning bir qismi bo‘yicha majburiyatlarning qisqarishi hisobiga qoplangani aytildi.
Ma’lumot o‘rnida, Visa xalqaro to‘lov tizimi ham Rossiyani mart oyida tark etgan. Endi ularning chet el kartalari Rossiyada, Rossiya kartalari esa chet elda ishlamaydi.