Tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi

“IT Park” va Oʻzbekiston Markaziy Banki moliyaviy savodxonlik sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Keltirilishicha, hujjat moliyaviy ta’limni rivojlantirish sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Ikki tashkilotning birgalikdagi sa’y-harakatlari mamlakat yoshlari va aholisining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.

Kelishuv doirasida raqamli texnologiyalar hamda xizmatlardan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha onlayn taʼlim materiallarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha taʼlim dasturlari va loyihalari ishlab chiqiladi.

Shu bilan birga, “IT Park” va Markaziy Bank o‘rtasida moliyaviy savodxonlik masalalari bo‘yicha qo‘shma taʼlim kurslari, vebinarlar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazishga kelishib olindi.

One Reply to “Tadbirkorlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan