BYD Oʻzbekistonda Xitoy avtomobillarining 3 modelini ishlab chiqaradi

Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Xitoyning BYD rusumli avtomobillari modellari maʼlum boʻldi.

Xabarga koʻra, BYD uchta modelni ishlab chiqaradi: Chaser 05 (Xitoyda Destroyer 05) gibrid sedani, Han elektromobili va Song krossoveri.

BYD Chaser 05 – 180 yoki 197 ot kuchiga ega elektr motoriga ega boʻladi, akkumulyator quvvati 8,3 dan 18,3 kilovatt-soatgacha, toʻliq zaryadda bosib oʻtadigan yoʻli 55 dan 120 kilometrgacha. Xitoyda ushbu modelning narxi 121,8 ming yuandan boshlanadi, bu 203,5 mln soʻmga teng.

BYD Han

BYD Han elektromobili bir dvigatel (245 ot kuchi) va ikkita dvigatel (517 ot kuchi) bilan taklif etiladi. Akkumulyator quvvati 64,8, yoki 85,4 kilovatt-soatni tashkil etadi, quvvat zaxirasi esa versiyaga qarab 610 dan 715 kilometrgacha oʻzgarib turadi. Uning narxi 645 mln soʻmdan boshlanadi.

BYD Song DMi

BYD Song ikkita versiyaga ega: gibrid DMi va elektrik EV. Birinchisi ichki yonuv dvigateli va bitta elektr motorli (180 yoki 197 ot kuchi), shuningdek, 163 ot kuchiga ega qoʻshimcha elektr motorli boʻladi. Umumiy quvvati 428 ot kuchini tashkil qiladi. Ikkinchisi 184 ot kuchiga ega elektr motorli, 71,7 kilovatt-soat quvvatga ega akkumulyatorli, bir zaryadi 505 kilometrga yetadi. Narxi 499 mln soʻmdan boshlanadi.

BYD Song EV

Oʻzbekistonda BYD avtomobillarini yigʻish fevral oyida yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda. Har uchala modelning multimedia tizimi uch tilga, oʻzbek, rus va ingliz tillariga tarjima qilinadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan