“Gazprom” 1-martdan boshlab O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni rejalashtirmoqda

“Gazprom” 2023-yil 1-martdan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni kutmoqda, deb yozadi “Kommersant”.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar jarayoni yana bir oy davom etadi va 27-fevralgacha yakunlanadi. Yetkazib berish 1-martga rejalashtirilgan. 24-yanvar kuni imzolangan yo‘l xaritasiga ko‘ra, Rossiya gazi Qozog‘iston orqali tranzit, ya’ni teskari tartibda “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali yetkazib beriladi. Ayni paytda tanlangan marshrut atigi 30 foiz yuklangan.

Keltirilishicha, O‘zbekiston gaz uzatish tizimiga egalik va boshqaruv huquqini saqlab qoladi.

Energetika va moliya instituti xodimi Sergey Kondratievning aytishicha, dastlabki bosqichda yillik yetkazib berish hajmi 6-7 milliard kub metrgacha yetadi.

“Kommersant” gazetasi bilan suhbatlashgan tahlilchilarga ko‘ra, gaz yetkazib berishdan asosiy maqsad Qozog‘iston yoki O‘zbekiston emas, balki Xitoydir. Rossiya Xitotga gaz eksportini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki almashtirish orqali oshirishga intilmoqda.

Mustaqil ekspert Aleksandr Sobkoning fikricha, agar “Gazprom” O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni oshirsa, O‘zbekistonning o‘zi ham Xitoyga ko‘proq gaz eksport qila oladi. Biroq hamma narsa bunday ta’minotning narxi va rentabelligi masalasiga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni qayta boshlagan edi. Sovuq havoda quvurlar tiqilib qolgani sababli qo‘shni davlatdan ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish sakkiz kunga to‘xtatildi.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *