Qirg‘iziston ham piyoz eksport qilishni taqiqlamoqchi

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz, sarimsoq va boshqa piyozli sabzavotlarni respublikadan tashqariga olib chiqishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Eksportni vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risidagi ilovaga tegishli o‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasining veb-saytida jamoatchilik muhokamasiga kiritildi.

Qirg‘izistondan olib chiqish taqiqlangan mahsulotlar qatoriga piyoz, sarimsoq va boshqa piyozli sabzavotlarni kiritish taklif qilinmoqda. Piyoz eksportini taqiqlash u qabul qilingan kundan bir hafta o’tib kuchga kiradi va 2023-yil 4-maygacha davom etadi.

Piyoz eksportini taqiqlash Qirg’izistonning Monopoliyaga qarshi nazorat davlat xizmatidan piyoz narxining oshirib yuborilganligi toʻgʻrisida rasmiy tasdigʻi olinganidan soʻng, shuningdek, Qozogʻiston tomonidan piyoz eksportiga cheklovlar joriy etilganidan keyin mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va piyozning bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 17-yanvarda Qozog‘iston tashqi savdo siyosati va iqtisodiy tashkilotlardagi ishtiroki bo‘yicha idoralararo komissiya uch oy muddatga piyoz eksportini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Bu chora Qozog‘istondan piyozning ommaviy eksport qilinishining oldini olish va uning narxini barqarorlashtirish maqsadida ko‘rilgan.

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *