2022-yil uchun 2 millionga yaqin iste’molchiga 773 milliard so‘m keshbek to‘lab berildi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan dekabr oyida 1,7 million nafar iste’molchiga 127,4 milliard soʻm keshbek hisoblanib, 1 million nafardan ortiq iste’molchiga 63,1 milliard so‘m to‘lab berildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Noyabr oyida 1,5 million nafar isteʼmolchiga 85,9 milliard soʻm keshbek to‘langandi. Umumiy hisobda 2022-yil uchun 2 million nafarga yaqin iste’molchilarga 773 milliard so‘m keshbek to‘lab berilgani aytildi.

Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p keshbek Toshkent shahar iste’molchilariga to‘lab berilgan – 293,5 milliard so‘m. Shuningdek:

  • Toshkent viloyati – 83,3 milliard so‘m;
  • Samarqand viloyati – 65,6 milliard so‘m;
  • Farg‘ona viloyati – 52,9 milliard so‘m;
  • Xorazm viloyati – 39 milliard so‘m keshbek olgan.

Keshbek qanday olinadi?

Keshbek olish uchun Google Play orqali Soliq mobil ilovasini yuklab olish kerak bo’ladi. Telefon raqami va bank karta raqami ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ilovaning skanerlash tugmasini bosish orqali amalga oshirilgan xaridlarning QR-kodi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

94 Replies to “2022-yil uchun 2 millionga yaqin iste’molchiga 773 milliard so‘m keshbek to‘lab berildi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan