2022-yilda o‘zbekistonliklar qiymati 70 million dollarlik elektromobil sotib oldi

2022-yilda o‘zbekistonliklar xorijdan qiymati qariyb 70 million dollarga teng elektromobillar xarid qilgan. Bu haqda statistika ma’lumotlari asosida “Spot.uz” xabar berdi.

Elektromobillar importida Xitoy yetakchi boʻlib, mamlakatdan oʻtgan yili 1 941 dona elektromobil olib kelingan. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 million dollarga teng boʻlgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 371 taga oshgan. Oʻzbekiston 2022-yilda eng koʻp elektromobil import qilingan davlatlar:

  • Xitoy – 1941 dona;
  • BAA – 111 dona;
  • Germaniya – 58 dona;
  • Gong Kong – 42 dona;
  • Litva – 10 dona;
  • Koreya – 7 dona;
  • Boshqa davlatlar – 11 dona.

One Reply to “2022-yilda o‘zbekistonliklar qiymati 70 million dollarlik elektromobil sotib oldi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *