Dunyoda mol go‘shtiga talab pasayib, iste’mol hajmi qisqardi

Mol go‘shtiga bo‘lgan talab 2022-yilda pasayishni boshladi. Iste’mol hajmi kamayishi 2023-yilda ham davom etishi mumkin. Talab kamaygan davlatlar birinchiligida mol go‘shti eng ko‘p iste’mol qilinadigan mamlakatlar – Argentina, AQSh va Buyuk Britaniya turibdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, mol goʻshti eng koʻp isteʼmol qilinadigan mamlakatlarda talab pasayayotgani eʼtiborga molik. Misol uchun, Argentinada barbekyu milliy madaniyatning bir qismidir. Mol go‘shti ishlab chiqaruvchi “Ciccra” ma’lumotlariga ko‘ra, 2007-yilda aholi jon boshiga mol go‘shti iste’moli 68,7 kg ni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 47,2 kg ga tushib ketdi.

Mol go‘shti iste’molining kamayishi mamlakatdagi narxlarning oshishi bilan bog‘liq, shuning uchun argentinaliklar tovuq go‘shtini ko‘proq sotib olishni boshladilar – 20 yil ichida talab 18 kg dan 46 kg gacha o‘sdi.

Bundan tashqari, o’tgan yili Braziliya, AQSh va Buyuk Britaniyada ham mol go‘shti iste’moli kamaydi. “NielsenIQ”, chakana savdo va iste’mol tadqiqot firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda AQShda mol go‘shti xaridi 4 foizga kamaygan, Buyuk Britaniyada qovurilgan mol go‘shti va biftek sotuvi pasaygan.

2023-yilda Argentinada mol go‘shtiga bo‘lgan talab 2 foizdan ko‘proq, AQShda esa deyarli 5 foizga kamayishi kutilmoqda. Buyuk Britaniyada oziq-ovqat do‘konlari va restoranlardan mol go‘shti sotib olish o‘tgan yilga nisbatan 5,8 foizga, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari 22 foizga, barbekyu sotish 19 foizga kamaydi.

“RBK” ning yozishicha, Rossiyada ham o‘tgan yili go‘sht va baliq narxlarining o‘sishi kuzatildi. Masalan, cho‘chqa go‘shti 8,3 foizga, tovuq go‘shti 10,6 foizga, qo‘zi go‘shti 12,4 foizga, mol go‘shti 20,2 foizga qimmatlashgan. Shu bilan birga, 2022-yilda baliq narxining o‘rtacha yillik o‘sishi 7,9 foizni tashkil etgan.

One thought on “Dunyoda mol go‘shtiga talab pasayib, iste’mol hajmi qisqardi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan