“O‘zbekneftgaz”: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zaxiralari hisoblanmoqda

Tegishli qaror va farmoyishlar bilan “O‘zbekneftgaz” AJ oldiga 2020-2025 yillar mobaynida ma’lum konlarda qidiruv bosqichini yakunlash hamda ajratilgan yangi maydonning neftgazlilik istiqbolini baholash topshirig‘i qo‘yilgan edi.

“O‘zA” ning xabar berishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha uglevodorod xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta hosil qilish bo‘yicha yillik ishlab chiqilgan dasturlar asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda. Geologiya-qidiruv ishlari yakunlangan konlar natijalari asosida ularning yakuniy zaxiralarini baholash ishlari amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Geologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2020-2022 yillar mobaynida yakuniy zaxiralarni hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida uglevodorod va foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha quyidagi konlar Davlat zaxiralari komissiyasida tasdiqlandi:

  • 2020-yilda “Chakkaqum-Shimoliy Suzma”, “Murodtepa-Atamurod” konlari;
  • 2021-yilda “Do‘ltatepa”, “Marvarid”, “Janubiy Kulbeshkak”, “Uchtepa” konlari;
  • 2022-yilda “To‘maris”, “Arslon”, “Sho‘rtak” konlari.

2023-yilda ham ushbu dastur ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra “Yormoq”, “Andakli”, “Shorqum”, “O‘rtaqum”, “Ijobat”, “O‘rtabuloq”, “Chaqar” va “Tarnasoy” kabi konlarning yakuniy zaxiralarni hisoblash belgilangani aytildi.

 

One Reply to ““O‘zbekneftgaz”: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zaxiralari hisoblanmoqda”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *