O’zbekistonda chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekistonda Koreya davlatining “Sejin G&E” kompaniyasi ishtirokida 55 million dollarlik toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya mablagʼlari hisobiga chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonida hosil bo’ladigan chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt bo’lgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu elektr maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga olinadi.
“Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, mazkur loyihani amalga oshirish natijasida, nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo’lgan chiqindi gazidan elektr energiyasi ishlab chiqarish stantsiyasi tashkil etiladi”, – deydi Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati.