36 ming so‘mdan 651 minggacha — Dunyo bo‘ylab go‘sht narxlari qancha?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Go‘sht kundalik iste’molimizdagi asosiy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda bir kishi yiliga oʻrtacha 43 kilogramm goʻsht va goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qiladi. Jahon mamlakatlarida esa go‘sht iste’moli hajmi va uning narxlari turlicha. ATV dunyo bo‘yicha go‘sht narxlarini qiyosiy tahlil qildi.
Hozirda global go‘sht iste’moli keskin ortib bormoqda. Dunyo miqyosida yiliga 350 million tonna go‘sht iste’mol qilinadi. 2050-yilga borib iste’mol hajmi 460 milliondan 570 million tonnagacha yetishi kutilmoqda.
Eng ko‘p go‘sht iste’mol qiladigan mamlakatlar (1 yilda kishi boshiga):
Go‘shtni eng kam iste’mol qiladigan davlatlar:
O‘zbekistonda bir kishi yiliga 43,2 kg go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qiladi. Mamlakatda go‘sht iste’molini o‘rtacha deyish mumkin. O‘zbekiston go‘shtni Tojikiston va Qirg‘izistondan ko‘proq, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa Boltiqbo‘yi mamlakatlariga qaraganda esa kamroq iste’mol qiladi.
AQShning “Global product price” nashriga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘yicha 1 kg mol go‘shtining o‘rtacha narxi 14,12 dollar (160 000 so‘m) ni tashkil etadi. Go‘sht narxi eng qimmat mamlakat bu – Gonkong. U yerda 1 kg go‘sht 57,40 dollar (651 ming so‘m!) turadi. Keyingi o‘rinlarni esa Shvetsariya (633 ming so‘m) va Janubiy Koreya (627 ming so‘m) egallagan.
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirilgan deyarli barcha davlatlar o‘rtacha ish haqi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar sirasiga kiradi. Ya’ni, biz uchun hayratlanarli ko‘ringan narx ushbu davlatlar aholisining o‘rtacha daromadiga hisoblanganda, unchalik qimmat emasligiga guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni, narxlarning boshqa davlatlarga nisbatan qimmatligi yuqori turmush darajasi bilan bog‘liq. Masalan, go‘sht narxi eng qimmat mamlakat Gongkongda o‘rtacha ish haqi 2200 dollar (24 949 166 so‘m!)
Jahonda go‘sht narxi eng arzon mamlakat Paragvay hisoblanadi. U yerda ayni vaqtdagi mol go‘shtining o‘rtacha narxi – 36 500 so‘m! Bu bizdagi narxdan 2 barobar arzon. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa Pokiston (42 700 so‘m) hamda Argentina (53 700 so‘m) qayd etgan.
Yuqoridagi infografikadan ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston go‘sht narxi arzon bo‘lgan davlatlar o‘ntaligidan o‘rin olgan. Hozirda mamlakatdagi mol go‘shtining o‘rtacha narxi 66 ming so‘m. Solishtirish uchun, qo‘shni Qozog‘iston mamlakatida mol go‘shti 123 ming so‘mdan sotiladi, bu esa bizdan ikki barobar qimmatligini ko‘rsatadi. Qirg‘iziston va Tojikistonda esa go‘sht narxi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil.
O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 3 million 721 ming so‘m. Bu pulga mamlakat sharoitida 56 kg mol go‘shti sotib olsa bo‘ladi. Mamlakatga asosiy go‘sht Belorussiya, Qozog‘iston, Ukraina, Rossiya va Moldova davlatlaridan olib kelinadi.
Braziliya mol go‘shti bo‘yicha sayyoradagi eng yirik eksport qiluvchi davlat hisoblanadi. O‘tgan yilda mamlakat 132 ta davlatga mol go‘shti eksport qilgan. Uning eng katta qismi esa Gongkong, Chili, AQSh va Misr davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dunyodagi eng qimmat go‘sht sotiladigan Gongkong mahsulotni eng ko‘p import qiluvchi davlat hisoblanadi. U 2018-yildan buyon eng yirik importyor bo‘lib kelmoqda. Undan avval AQSh go‘sht sotib olish bo‘yicha yetakchi edi.
Gongkongda mol go‘shti importi 2023-yilda birinchi marta kamayishi mumkin, chunki mamlakat retsessiya va Covid-19 bilan kurashyapti. Mol go‘shtining yirik import bozorlari bo‘lmish AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreyada esa bu yil import hajmining biroz o‘sishi kutilmoqda.
Thank you for your sharing. I am worried that I lack creative ideas. It is your article that makes me full of hope. Thank you. But, I have a question, can you help me?