2022 yil davomida so‘mning dollarga nisbatan kursi 3,9 foizga qadrsizlandi

2022 yil davomida so‘mning dollarga nisbatan kursi yil boshiga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan 2022 yil uchun «Ichki valyuta bozori sharhi»da maʼlumot berildi.

Jahondagi geosiyosiy keskinliklarning yuzaga kelishi, savdo hamkor davlatlar valyutalarining qadrsizlanishi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari devalvatsion kutilmalarining ortishi fonida mart oyining dastlabki haftalarida xorijiy valyutaga nisbatan talab sezilarli darajada oshishi kuzatilgan. Natijada, milliy valyuta ayirboshlash kursi yil boshiga nisbatan 7 foizgacha qadrsizlangan.

Infografika: Markaziy bank

Bunda, pul-kredit siyosatining o‘z vaqtida qatʼiylashtirilishi valyuta bozorining barcha segmentlarida xorijiy valyutaga talabning sezilarli darajada pasayishiga va taklifning ortishiga taʼsir ko‘rsatgan bo‘lsa, moslashuvchan almashuv kursi tashqi shoklarning salbiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qilgan.

2022 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan tebranishi 10 ming 801 – 11 ming 572 dollar/so‘m diapazonida shakllangan va 3,9 foizga qadrsizlangan.

Aytilishicha, milliy valyuta almashuv kursi dinamikasi shakllanishi geosiyosiy vaziyatning o‘zgarishi, ichki valyuta bozori ishtirokchilarining kutilmalari hamda tashqi moliya bozorlari konyunkturasiga bog‘liq bo‘ladi.

Markaziy bank disbalanslar ortib borishi oldini olish maqsadida erkin shakllanuvchi valyuta almashuv kursi rejimiga amal qilib boradi hamda oltin-valyuta zaxiralari neytrallik prinsipini taʼminlashini qayd etgan.

2 thoughts on “2022 yil davomida so‘mning dollarga nisbatan kursi 3,9 foizga qadrsizlandi

  1. At the beginning, I was still puzzled. Since I read your article, I have been very impressed. It has provided a lot of innovative ideas for my thesis related to gate.io. Thank u. But I still have some doubts, can you help me? Thanks.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan