Oilaviy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun 13 tlrn so’m mablag’ ajratiladi

Prezident farmoni asosida joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga 13 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi. Shundan 2,8 trillion so‘mi tadbirkorlarga kredit sifatida beriladi.

Oilaviy biznes uchun hech qachon kredit olmagan o‘zbekistonliklar va tadbirkorlarga ustuvorlik beriladi.

Kreditlarini o’z vaqtida to’lagan tadbirkorlar o’z bizneslarini kengaytirish uchun kreditlardan qayta foydalanishlari mumkin.

Fermerlar ham yoddan chiqarilmagan. Yerni uzoq muddatga ijaraga olganlarga 50 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

Xizmat ko‘rsatish va xalq hunarmandchiligi loyihalari uchun ajratilayotgan kredit hajmi ham 225 million so‘mdan 300 million so‘mga ko‘paymoqda. Eslatib o‘tamiz, ular hokim o‘rinbosarlarining tavsiyalari asosida beriladi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Oʻzbekistonda 59,1 mingta oilaviy korxona faoliyat koʻrsatgan, bu 2021-yilga nisbatan 5,7 foizga (+3,1 ming) koʻpdir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *